Jahon bankining yangilangan daromad tasnifi

Jahon banki mamlakatlarni yalpi milliy daromad (GNI) ko‘rsatkichlariga asoslanib har yili iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha qayta tasniflaydi. So‘nggi yangilanishlarda davlatlar to‘rt guruhga bo‘lingan: past daromadli, o‘rtadan past daromadli, o‘rtadan yuqori daromadli va yuqori daromadli.

Hozirgi tasnifga ko‘ra, past daromadli davlatlarda aholi boshiga yillik GNI 1 175 AQSh dollaridan oshmaydi. O‘rtadan past daromadli guruhda bu qiymat 1 176 dan 4 635 dollargacha, o‘rtadan yuqori daromadlilarda 4 636 dan 14 375 dollargacha, yuqori daromadli davlatlarda esa 14 375 dollardan yuqoridir.

Dunyo iqtisodiyotining notekis taqsimoti

Yangilangan reytingda G‘arbiy va Markaziy Afrika ko‘plab past daromadli davlatlar toifasiga kiritilgan. Shuningdek, Yaman, Suriya, Afg‘oniston va Shimoliy Koreya ham past daromadli davlatlar qatorida qolmoqda. Bu mamlakatlarda iqtisodiy qiyinchiliklar va ijtimoiy muammolar sezilarli.

Yuqori daromadli mamlakatlar ichida esa ko‘plab Yevropa davlatlari, Rossiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh va Kanada mavjud. Yaqin Sharqning ayrim davlatlari ham, shuningdek, Markaziy va Janubiy Amerikaning Panama, Chili hamda Urugvay kabi mamlakatlari yuqori daromadga ega deb hisoblanadi.

O‘rtadan yuqori va o‘rtadan past daromadli davlatlar